«munir mamedzade» tegli maqolalar


“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
17 noyabr 2023, 18:07

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida
17 noyabr 2023, 12:31

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida

O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.

200 ga yaqin bola va ayollar hamon Suriyada va repatriatsiyani kutmoqda — UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
13 noyabr 2023, 11:09

200 ga yaqin bola va ayollar hamon Suriyada va repatriatsiyani kutmoqda — UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

UNICEF`ning O‘zbekistondagi sobiq rahbari Munir Mamedzadega ko‘ra, 200 ga yaqin o‘zbekistonlik bola va ayollar hamon Suriya lagerlarida va vataniga qaytishlarini kutmoqda. U o‘tgan “Mehr” operatsiyalari doirasida qaytarilganlarning reintegratsiya jarayoni uchun ijtimoiy soha xodimlari o‘rni muhimligini ta’kidladi.

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi
12 oktabr 2023, 17:58

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi

UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun choralarni kuchaytirishga chaqirdi
2 aprel 2023, 15:52

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun choralarni kuchaytirishga chaqirdi

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarining jinsiy ekspluatatsiya qilingani haqidagi xabarlardan xavotirini bildirdi. U bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash va muqobil parvarish standartlarini yaxshilash uchun harakat qilishga chaqirdi.

Ayollar va bolalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari yakuniga ko‘ra qonunlar o‘zgarishi mumkin — Tanzila Narbayeva
21 oktabr 2022, 11:05

Ayollar va bolalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari yakuniga ko‘ra qonunlar o‘zgarishi mumkin — Tanzila Narbayeva

Senat raisi ayollar va bolalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida amaldagi qonunlar yangilanishi mumkinligini ta’kidladi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade bu borada nafaqat hokimiyat, balki jamiyatning o‘zi ham ishtirok etishi muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi
18 yanvar 2022, 15:46

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi

YUNISEF vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening ma’lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturi doirasida 11 mln dozadan ko‘proq vaksina qabul qilib oladi. COVAX orqali hozirgacha yetkazib berilgan vaksinalar hajmi 10 mln dozadan oshgan.

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi
30 aprel 2021, 17:41

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi

AstraZeneca vaksinasining keyingi partiyasi iyun oyida olib kelinadi. Buni juma kuni COVID-19`ga qarshi emlangan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi. COVAX dasturi doirasida 2 mln 256 ming doza AstraZeneca`dan faqat 660 ming doza vaksina keltirilgan edi.

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi
20 avgust 2020, 14:47

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting